1. Siyosat kimga tegishli?
24ERP — savdo, ombor va hisob ishlarini yuritish uchun mobil ilova va xizmat. Ilova korxonangiz tanlagan HTTPS serveriga ulanadi. Korxona xodimlari va uning vakolatli administratori o‘z ish ma’lumotlariga berilgan ruxsat doirasida kiradi. Agar korxona mustaqil serverni tanlasa, shu server operatorining ma’lumotlarni qayta ishlash qoidalari ham qo‘llaniladi.
2. Qanday ma’lumotlardan foydalanamiz?
- Hisob va kirish: server manzili, login va parol kirish paytida tanlangan serverga yuboriladi; berilgan kirish tokeni va server manzili qurilmada saqlanadi. Ilova parolni keyingi kirishlar uchun alohida saqlamaydi.
- Ish ma’lumotlari: mahsulotlar, narxlar, savdolar, to‘lovlar, qarzlar, bank hisoblari, ombor va kassa hujjatlari; mijoz, yetkazib beruvchi va xodimlarning ismi, telefon raqami, manzili kabi kiritilgan aloqa ma’lumotlari hamda hujjat izohlari. Bu ma’lumotlar korxona serverida saqlanishi mumkin.
- Texnik ma’lumotlar: server so‘rovlarini bajarish va xavfsizlikni ta’minlash uchun IP manzil, so‘rov vaqti, so‘rov manzili (jumladan qidiruv so‘rovlari) va xato yozuvlari server jurnalida qayd etilishi mumkin. Qurilmada ayrim interfeys sozlamalari saqlanadi.
- Kamera: foydalanuvchi shtrix-kodni skanerlashni ochganda ishlatiladi. Kamera tasviri 24ERP serveriga yuklanmaydi; aniqlangan shtrix-kod qiymati mahsulotni topish uchun tanlangan serverga yuboriladi.
3. Ma’lumotlar nima uchun kerak?
Ma’lumotlar foydalanuvchini tizimga kiritish, korxona ruxsatlarini qo‘llash, mahsulot va hujjatlarni ko‘rsatish, savdo va hisob amallarini bajarish, texnik nosozliklarni aniqlash hamda xizmat xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladi. Ilova reklama ko‘rsatish yoki shaxsiy ma’lumotlarni sotish uchun mo‘ljallanmagan.
5. Ma’lumotlar qanday himoyalanadi?
Ilova server bilan HTTPS orqali aloqa qiladi. Kirish tokeni qurilmadagi ilova saqlash joyida turadi; telefonni himoyalash va hisobga kirish ma’lumotlarini sir saqlash foydalanuvchi uchun muhim. Serverdagi kirish huquqlari korxona rollari va ruxsatlariga bog‘liq.
6. Saqlash, tuzatish va o‘chirish
Hisobdan chiqqaningizda ilovada saqlangan kirish tokeni o‘chiriladi. Ilovani olib tashlash qurilmadagi ilova saqlash joyini o‘chiradi; qurilmaning alohida zaxira nusxa sozlamalari bundan mustasno bo‘lishi mumkin. Serverdagi savdo va hisob yozuvlari korxona hisobida, xizmatni yuritish va qo‘llaniladigan huquqiy yoki buxgalteriya majburiyatlari uchun zarur bo‘lgan davrda saqlanadi.
Ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rash tartibi: 24ERP foydalanuvchilari o‘z ma’lumotlarini o‘chirishni email orqali so‘rashi mumkin.
- alzasoft2023@gmail.com manziliga “24ERP — ma’lumotlarni o‘chirish so‘rovi” mavzusida xat yuboring. Korxona nomi, server manzili, login va qaysi ma’lumotlarni o‘chirmoqchi ekaningizni yozing. Parolni yubormang.
- Hisobga egalik va so‘rov vakolati tekshiriladi; buning uchun korxonangiz administratori bilan bog‘lanishimiz mumkin. Mustaqil serverdan foydalansangiz, so‘rovni shu server operatori yoki korxonangiz administratoriga ham yuboring.
- Tekshiruvdan keyin 30 kun ichida so‘rov holati va qaysi ma’lumotlar o‘chirilishi yoki saqlanishi haqida javob beramiz. O‘chirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar tasdiqlangan so‘rovdan keyin 30 kun ichida o‘chiriladi yoki shaxsga bog‘lab bo‘lmaydigan holga keltiriladi.
O‘chiriladigan ma’lumotlar: foydalanuvchi profilidagi shaxsga doir ma’lumotlar va kirish sessiyalari, shuningdek qonuniy yoki korxona hisobini yuritish uchun saqlash shart bo‘lmagan, foydalanuvchiga bog‘liq aloqa va ish yozuvlari. Qurilmadagi token hisobdan chiqqanda o‘chiriladi. Hisobni butunlay yopish masalasini korxona administratori alohida hal qiladi.
Saqlanadigan ma’lumotlar: savdo, to‘lov, ombor va kassa hujjatlari hamda ularga bog‘liq tekshiruv yozuvlari qonuniy, buxgalteriya yoki nizoni hal qilish majburiyatlari amal qiladigan muddatgacha saqlanishi mumkin. Majburiy saqlash muddati tugagach ular o‘chiriladi yoki shaxsga bog‘lab bo‘lmaydigan holga keltiriladi. Zaxira nusxalarda qolgan o‘chiriladigan ma’lumotlar nusxalarni yangilash jarayonida, ko‘pi bilan 90 kun ichida yo‘q qilinadi.
7. Maxfiylik bo‘yicha aloqa
24ERP maxfiylik bo‘yicha savollar va ma’lumotlarga oid murojaatlar uchun: alzasoft2023@gmail.com yoki +998 95 123 00 51. Murojaatda korxona nomini va masalaning qisqa tavsifini ayting; parolingizni yubormang.
8. O‘zgarishlar
Xizmat imkoniyatlari yoki ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi o‘zgarsa, ushbu sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana o‘zgartiriladi.